Agar bola muntazam ravishda tanqid qilinsa,shikoyatchi va boshqalarni ayblovchi inson bo`ladi.
Agar bola gina va dushmanlik muhitida ulg`rgan bo`lsa,janjalkash inson bo`ladi.
Agar bola qo`rqib yashasa, doimiy tashvish va vasvasa uni tark etmaydi.
Agar bola doim pastga urilib, kamsitilsa, tortinchoq va odamovi bo`lib qoladi.
Agar bola uyat tuyg`usi bilan tarbiyalangan bo`lsa,o`zini ayblaydigan inson bo`ladi.

Agar bola oilada qo`llab quvvatlansa,undagi ishtiyoq oshirilsa,sabrli bol`ishni o`rganadi.
Agar bolaga jasorat berilsa, taqdirlashni, qo`llab- quvvatlashni o`rganadi.
Agar bola bag`rikenglik bilan ulg`aytirilsa, o`zini yaxshi ko`rishni o`rganadi.
Agar bola hurmat bilan o`stirilsa, unda ishonch tuyg`usi shakllanadi.
Agar bola oilada baham ko`rishni o`rgansa, saxiy inson bol`adi.

Agar bola to`g`riso`z oila muhitida ulg`aysa, to`g`riso`zlik, adolat nima ekanini o`rganadi.
Agar bolaning fikr-mulohazalari oilada ma`qul ko`rilsa va qo`llab-quvvatlansa,o`zini yaxshi ko`rishni o`rganadi.
Agar bola oilada do`stlik muhitida ulg`aysa,bu dunyoda baxtli bo`lishni o`rganadi.
Xullas, bolalar nimani ko`rishsa,o`shanga o`rganadilar.