Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi-Qur`on (arabcha "al-qur`on"), ya`ni ovoz chiqarib o`qish degan ma`noni bildiradi. Arablar payg`ambar Muhammad alyhisalomning ilk izdoshlari bo`lishgan. Hozirda musulmonlar dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida yashaydilar.

Islom talablarida 5 ta farz yoki rukn bor: kalima keltirish, harkuni 5 mahal namoz o`qish, kambag`allarga xaye-ehson qilish-zakot berish, ro`za tutish va hayotida hech bo`lmasa bir marta imkoniyati bo`lsa musulmonlarning muqaddas shahri Makkaga tashrif buyuribhaj safarini amalga oshirish. Shulardan birinchisi imonga,qolgan to`rttasi ibodatga kiradi.