Bolani qanchalik shoshiltirsak, u shunchalik sekin harakat qiladi. imillagan bola ustidan odatda onalar shikoyat qilishadi. Farzandingizni chaqqonroq harakat qilishga o`rgatishning ikki usuli bor. Birinchisi, ota-ona uni ertalab maktabga o`z vaqtida borishga shoshirmaydi. Ziyoli oilada o`sgan, maktab qonun-qoidasiga amal qiladigan, sinfdoshlari oldida kulgi bo`lishdan qo`rqqan bola o`z odatlarini o`zgartiradi. Ikkinchi usulni birinchisi bilan bog`liq holdayoki alohida qo`llash mumkin.

Ota-onalarning sabrlirog`i, bolaning qanchalik tez kiyinishiga qarabmukofotlaydi. Bu bolani kundan-kunga tezroq harakat qilishga undaydi. Ota-onani bolani shoshiltirishga bo`lgan shuncha harakatlari zoye ketsa, yaxshisi uni mutaxassisga ko`rsatgan ma`qul.