Farzandlaringiz "O`g`lim yoki qizim, sen biz uchun alohida ahamiyatga egasan" degan fikrni his etishlari lozim. Ualr ana shunda har bir ishning uddasidan chiqa oladilar.

Farzandingiz sho`x bo`lsa ahm, dangasa bo`lsa ham, tengdoshlari bilan chiqisha olmasa ham, siz istagandek harakat qilmasa ham, kundaligida baholari past bo`lsa ham, mehmonga borganingizda to`g`ri harakat qilmasa ham, imtihanlardan yetarli ballni to`play olmasa ham, univetsitetga kira olmasa hambir narsani bilishi lozim: "Men qanday bo`lishimdan qat`iy nazar ota-onam uchun alohida ahamiyatga egaman. Ularning oldida har doim o`z o`rnim bor, xato qilsamda bu xatomni tuzatishga imkon beradilar, ammo qilgan xatoim sabab meni kamsitishmaydi." hatto do`stlaringizga ham farzandingizning alohida ahamiyatga ega ekanligini bildiring.

Ana shunda ular erkin muhitda ulg`ayadi. O`z shaxsiyatiga ega, mas`uliyatli va o`ziga ishonuvchan shaxslar bo`lib yetishadi.