Ayni paytda murosa va bir-birining o`xshashi bo`lish ko`proq qo`llab-quvvatlanmoqda. Vaholanki, bolaning yakka-yu yagona ekaniga so`zlar eshitishi uning o`ziga ishonchini orttirishda katta hissa qo`shadi. Bolalar ota-onalaridan mustaqil va o`zgacha bo`lishlari bilan ular o`rtasidagi munosabat zaiflashmasligini bilishi lozim.

Aksincha, bolalar ko`pincha tana tuzilishi, dunyoqarashi yoki qilgan ishiga qarab boshqalarga qiyoslanib tanqid qilinadi. Afsuski, har ikkalasi ham bolada o`zligining yagona ekani tuyg`usini uyg`otmaydi. Aslida bolalar o`ziga xos ekanliklarini bilishi va bu borada rag`batlantirilishi lozim. Qiyoslash bolaning o`ziga bo`lgan ishonchini pasaytiradi. Qiyoslash uni rad etish demakdir. Ota-ona farzandlariga o`zlariga xos hayot shaklini topishlari va davom ettirishlari uchun ko`mak berishi lozim.

"O`zingga xos tarzda ulg`ayishga haqqing bor" degan tuyg`uni farzandiga bergan ota-ona bolalarning o`ziga bo`lgan ishonchlarini mustahkamlanishiga muhim hissa qo`shgan bo`ladilar. Ichki o`zaga ishonch va tashql o`ziga ishonch bir-birini to`ldiradi. Ichki o`ziga ishonchi mustahkam bo`lgan insonlarda quyidagi to`rt asosiy xususiyat kuzatilgan:
1.O`zini yaxshi ko`rish;
2.O`zini tanish;
3.O`z oldiga aniq maqsadlar qo`yish;
4.Ijobiy o`ylash;