Mehr - muhabbat bilan katta qilgan bolangizmaktabga chiqish arafasida. O`zida ham xohish paydo bo`ldi. Maktabga boorish taraddudi boshlandi. Chunki tezroq katta bo`lgisi keladi, ayniqsa bog`chada kunduzi uxlashga majbur ekanligi yoqmaydi. Maktab esa maza deb o`ylaydi. Hozir boladan oldin onalar shoshadigan bo`lgan. ”Tez-tez maktabga borib, tez-tez bitirsin” Jan Jak Russoninig bir gapi bor: “Tabiat katta bo`lishidan oldin bolaning bola bo`lishini istaydi. Agar biz bu tartibni buzmoqchi bo`lsak, na pishgan, na ta`mga ega bo`lgan tezpishar mevaga ega bo`lamiz.Bolalikning bolada yetilishiga imkon bering.” Men ham 5-6 yoshli bolasini maktabga beraman deb kuyib pishayotgan onaga “Boladan bolaligini tortib olmang” derdim. Aynan 7 yosh bolaning har tomonlama ilm oladigan, maktab tarbiyasini qabul qiladigan optimal yoshidir. Undan vaqtli ham, undan kech ham yaxshi natijalar bermaydi.Yoshini hal qilib oldik. Maktabga Bolani qanday tayyorlash kerak? Onalar iyul oyiga boribgina buni o`ylashlari noo`rin, chunki intellectual tayyorgarlik bola tug`ilishi bilan olib borilishi kerak.Bolaning maktabga ruhan tayyorgarligi to`rt factor orqali aniqlanadi.

1. Motivatsion tayyorgarlik- bu bolaning o`qish, yozishni o`rganishga bo`lgan kuchli ishtiyoqi. “O`qishni istayman, yozishni istayman”, kabi.

2. Intellektual tayyorgarlik. Bu tayyorlik darajasini mutaxassislar aniqlaydi, ammo ota-ona tayyorlaydi. Xo`sh, bolani qanday tayyorlash kerak, nimani bilishi lozim? Ayrim ota-onalar bolaga imkoni boricha ko`proq ma`lumot berishga harakat qiladilar. Asisiy urg`uni ma`lumotga emas,kerakli ma`lumotdan xulosa chiqarishga, mulohaza yuritishga qarating.Bu yoshdagi bola to`liq ismini, ota-onasining ismini, bir nechta she`rni yod bilishi kerak. Bu bola uchun juda oson, chunki yod olishdan osoni yo`q ularga. Endi biroz murakkabroq vazifaga o`tamiz. Tabiat haqida tushuncha: yil fasllari, und abo`ladigan o`zgarishlar, hayvonlar va ularning turi.Masalam, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar o`simliklar. Uy ro`zg`or anjomlari. Kasb turlari. Bolaning har qanday savolini ochiq qoldirmaslikka harakat qilishingiz bilan uning bilim olishga bo`lgan xohishini o`stirishga xizmat qilasiz.

3. Irodaviy tayyorgarlik. Bu uning o`z tabiiy xohishlarini egib, bo`ysundirib maktab partasida o`tira olishida, diqqatida, uy vazifalarini qilishida ko`rinadi.

4. Bolaning sotsial rivojlanish xarakteri. Bu kattalar bilan tanlangan muloqot uslubiga bog`liqdir. Kattalar bilan faqat o`yin orqali muloqot qilgan bola o`qishga qunt qilishi qiyinroq bo`ladi. Kattalar bilan har xil mavzularda muloqot qilgan bolaning maktab sharoitiga ko`nikishi oson, o`zlashtirishi yaxshi bo`ladi. Bolani eshitishga, ko`rishga va ana shu eshitgan, ko`rganlari haqida mulohaza yuritishga o`rgating.