Farzandlaringiz dastlabki haftadan boshlab ijobiy tomonga o`zgara boshlagan bo`lardi. Yanada baxtliroq, so`zamolroq ochiq ko`kgilli, yaratuvchanroq ,mehribonroq, xotirjamroq bo`lardi. Biroq bolani televizordan bitunlay ajratib qo`yishning iloji yo`q.Xo`sh u holda nima qilish kerak? Televizorda namoyish etilayotgan dasturlarni ko`rib chiqib,ularning qaysi birlari bolalar uchun foydali va qaysi birlari keraksiz ekanini, qaysi dasturlar bolaning rivojlanishiga foydali, qaysilari esa zarar berishini aniqlab olish zarur.

Farzandlaringiz bilan oila majlisi o`tkazib qaysi dasturni ko`rish yoki ko`maslik xususida birgalikda qaror qabul qilishingiz kerak. Inson kun bo`yi vaqtini televizor qarshisida o`tkazmasligi kerak. Televizor ko`rish uchun ma`lum vaqt ajratiladi.Masalan, bir, bir yarim soat televizor ko`rish mumkin.

Kelajakda kim bo`lishingizni o`qiganlaringiz, ko`rganlaringiz va siz bilan birga bo`lganinsonlar belgilaydi. Farzandlaringizning xonasiga aslo televizor qo`ymang.