Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan ''Kitobxon oila" ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi. Ko`rik tanlovda 4-"G" sinf ota-onalari faol ishtirok etdilar. Kutubxona mudirasi Karbayeva A. datslab yig`ilganlarga oila kuni haqida ma`lumot berdi. Sharipovlar oilasidan Munisa Sharipova, Behzod Sharipov, Nafisa Sharipovalar 5 ta shartda ham g`oliblikni qo`ldan boy bermadialr.

O`zini tanishtirish, sahna ko`rinishi, bahru-bayt shartlari yig`ilganlarda katta qiziqish uyg`otdi. Ayniqsa bahru-bayt shartida barcha o`quvchialr faol qatnashib o`zlarining she`rxonlik qobiliyatalrini namoyish etdilar. Tadbir so`ngida mutlaq g`oliblikni qo`lga kiritgan Sharipovlar oilasiga hamda bir qator o`quvchilarga maqtov yorliqlari va esdalik kitoblari topshirildi. Bu an`ana haryili davom etadi.