Aziz do`stlar, siz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti haqida eshitgandirsiz. Siz albatta shunday mukofot borligini yaxshi bilasiz. Uharyili respublikamizda ta`lim, fan,adabiyot, san`at, sport sohasida o`z iste`dodini namoyon etayotgan maktab,kasb-hunar kolleji, akademik litseylar, oliy o`quv yurtlarida o`qiyotgan qizlarga taqdim etilishina ham eshitgandirsiz. Ana shunday nufuzli mukofot nega Zulfiya nomida, uning o`zi kim, qanday xizmatlari uchun bunday sharafga sazovor bo`lgan deb qiziqqan bo`lsangiz ham kerak. Zulfiyaxonim haqida ikki og`iz so`z.

Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, O`zbekiston xalq shoiri, xalqaro “Nilufar” Javoharlal Neru, nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir. U 1915-yili 1-martda Toshkent shahrining Degrez mahallasida tavallud topgan.Yoshligidan adabiyotga, she`riyatga kuchli havas uyg`ongan Zulfiyaxonim yillar o`tib taniqli shoira bo`lib tanildi. U jamoat arbobi sifatida ham qizg`in faoliyat ko`rsatdi. Uzoq yillar davomida xotin-qizlarning sevimli jurnali bo`lgan “Saodat” jurnaliga muharrirlik qildi. Uning “Quyoshli qalam”, “Uni Farhod der edilar”,”Yuragim”, “O`ylarim” kabi she`riy to`plamlari mashhur.

Bu nazm bog`iga kirolmas xazon,
Bizni mavh etolmas zavol lashkari.
Men ketsam mung`aymas umrim hech qachon,
Bu bog`lar bir bo`glar bo`ladi hali.