O`zbek bolalar adabiyotining dovrug`ini nafaqat rus, ukrain,qozoq, ozarbayjon, gruzin, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman kitobxonlari, balki arab, ispan,ingliz, fransuz, nemis, bolgar, chex, yapon bolalari o`rtasida ham ma`lum va mashhur qilgan Xudoyberdi To`xtaboyev 1932-yilning 17-dekabrida Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasidan ayrilib bobosining qo`lida tarbiya topdi. Xudoyberdi To`xtaboyevning yozuxchi bo`lib yetishishida bobosi va buvisining ta`siri katta.

Qo`qon pedagogika bilim yurti va Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitetda tahsil oldi. Ma`lum muddat o`qituvchilik qilgach, respublika gazeta va jurnallari tahririyatlarida turli lavozimlarda mehnat qildi. O`z ijodini feletonlar yozishdan boshlagan adibning "Shoshqaloq" nomli birinchi hikoyalar to`plamidan keyin ketma-ket "Sir ochildi", "Sehrli qalpoqcha", "Sariq devni minib", "Besh bolali yigitcha" va boshqa kitoblari e`lon qilindi.

Mazkur asarlari bilan o`zbek bolalar adbiyotida sarguzasht janr rivojiga katta hissa qo`shgan yozuvchi "Aka-uka Omonboy va Davronboylarning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa", "Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida ", "Qasoskorning oltin boshi" nomli qissa va romanlari bilan sehrli qalam sohibi ekanligini namoyish etdi. Respublika Davlat mukofotining lauriyati, O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyev yangi asarlar ustida qizg`in ish olib bormoqda.