Umar Xayyom haqida o`ylar ekanmiz, ko`z o`ngimizda ikki buyuk siymo gavdalanadi. Biri o`rta asrning buyuk riyoziyotchi, faylasuf va munajjim olimi, ikkinchisi esa XIX-XX asrdan boshlab jahon she`riyati klassiklari qatoridasharafli o`rin egallagan hozir ham she`riyat osmonining yorqin yulduzlaridan bo`lgan zabardast shoir. Umar Xayyom o`zining sher`iy asarlari – ruboiyoti bilan butun olamni zabt etdi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko`zni qarosi, javhari ham biz.
To`garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz, uning ko`zi-gavhari ham biz.