Taniqli avar shoiri Rasul Hamzatovning Vatan, xalq, millat, odamiylik, ishq, qadriyat, hayot quvonch tashvishlariga bag`ishlangan she`r va dostonlari yuzlab tillarga o`girilgan.She`riyat muxlislari qalbidan. jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o`rin olgan. Rasul Hamzatov 1923 yil 8-setyabrda Dog`istonning Xunzax tumanidagi Sada qishlog`da tug`ilgan. Adabiy muhitda voyaga yetgan Rasul 14 yoshidan boshlab she`rlar yoza boshladi va Vatan mavzusini ijodining boshyo`nalishi etib belgilab oldi. Uning birinchi kitobi 1943 yilda chop etilgan.

Shundan keyin shoirning "Tug`ilgan kunim", "Mening qalbim tog`larda", "Yillar shodasi", "Muhabbatnoma" kabi qator kitoblari bosilib chiqdi va dunyo xalqlari tillariga o`girildi. Benazir ijodkor ko`plab davlatlarning mukofotlariga munosib ko`rilgan. "Yigirmanchi asr buyuk shoiri" sifatida e`tirof etilgan. Rasul og`a O`zbekistonni, xalqimizni yaxshi ko`rar edi. Zamondosh shoirlarimiz bilan do`st tutingandi. Hazrat Alisher Navoiyni avliyo shoir sifatida e`zozlardi. Shoirning "Yuksak yulduzlar", "Bir xonadon farzandlari", "Mening Dog`istonim", "Onalarni asrang " kitoblari o`zbek tiliga o`girilgan. Rasul Hamzatov 2003 yil 3-noyabr kuni vafot etdi. Uning ijodi jahon xalqlari qalbida yashayapti.

Tingla chaqchaqlar bulbul, tug`yon jo`shar yurakda.
Biroq neni kuylar ul, hanuz hech kim bilmaydi.
Men uqdim shu ma`noni: u kuylar Vatan haqda,
Axir boshqa navoni bunday kuylab bo`lmaydi.