Bu go`zal misralar sevimli shoir Oybek qalamiga mansub. Yozuvchining asli ismi Muso Toshmuhammad o`g`li, Oybek uning taxallusi. Muso Toshkentda Xadra maydoni yonidagi Govkush mahallasida tug`ilgan. Otasi Toshmuhammad bo`zchi edi, onasi Shahodat bonu otasi kabi o`qimishli, dono, halol va mehribon bo`lgan. U dastlab eski maktabda, keyinchalik "Namuna" nomli boshlang`ich maktabda ta`lim olgan. Song bu maktab Navoiy nomidagi pedagogika texnikumiga aylantirildi va Oybek uni 1925 yilda tugatib, O`qituvchilik qildi. 1930 yilda esa O`rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakultetini tamomladi.

Oybekning ilk to`plami "Tuyg`ular" dan keyin birin-ketin "Ko`ngil naylari" , "Mash`ala" kabi sheriy kitoblari chop etildi. Ozbek adabiyotida o`ziga xos mahorat maktabi yaratgan ustoz san`atkor Oybek ijodi ko`p qirralidir. U qator romanlari, qissalari, doston va she`rlari bilan kattalar yozuvchisi sifatida shuhrat qozongan bo`lsa-da, ammo san`atkorning bolalarga atab yozgan badiiy asarlari ham oz emas. Akademik shoir Oybek o`zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va yuksalishiga katta hissa qo`shdi.

Nafis chayqaladi bir tup na`matak
Yuksakda, shamolning belanchagida.
Quyoshga ko`tarib bir savat oq gul!
Viqor-la o`shshaygan qoya labida-
Nafis chayqaladi bir tup na`matak...