Aziz o`quvchim! Bu kitobni yoza boshlaganimga ellik yil bo`lyapti. Bular mening kuzatuvlarim. O`ylarim.Bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli. Xulosalarim... Aslida ularning har birini alohida asar qilsa ham bo`lardi-ku, mayli... Iltimos, siz ham kitobni shoshilmasdan, o`ylab o`qisangiz... Tag`in bir gap. Ba`zi kuzatuvlar ostiga yozilgan sanasi ta`kidlab qo`yilgan. Sababi ular Vatanimiz boshiga og`ir kulfat -"o`zbek ishi", "paxta ishi" degan qatago`n yog`ilgan kezlari yozilgan. Bu gaplarni o`sha paytda e`lon qilish mumkin emasdi. Yaratganga shukr, yurtimiz mustaqillikka erishdi.Sho`ro zamonini ba`zi hunarlarini eslab qo`yish bugungi kunimizni qadrlashga xizmat qiladi, deb o`ylayman.

Taqdiri azal
Xudo yozganini bandasi o`chirolmaydi. Xudo berganini bandasi tortib ololmaydi.
Devonai haqgo`y
Telbalarga ta`zim qiling! Yuzta donishmand aytolmagam haqiqatni bitta telba aytadi!