Muhammad Yusuf degan shoir she`riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. uning ijodi haqida gap ketganda, ko`pincha qo`shiqlarini tilga oladilar. U qo`shiq yozgan ham, o`zini qo`shiqchi shior hisoblagan ham emas. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilgan. Muhammad Yusufning she`rlari bir qarashda juda sodda, jo`n yoziladiganga o`xshab tuyuladi. ammo unga o`xshatib yozib ko`ring-chi, qo`lingizdan kelmaydi.Uning oson yoziladiganga o`xshab ko`ringan misralari muhlislarini yig`latdi, kuldirdi, o`z og`ushiga tortib oldi. Odamlar uning she`rlarini hayajonsiz o`qimaydigan, kitoblarini do`konlardan qidirib yuradigan bo`ldilar.

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim,
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang xalq bo`l elim