Jahon so`z san`atining zabardast namoyondalaridan bo`lgan Mavlono Jaloliddin Rumiy sharq she`riyatining dovrug`dor janrlaridan biri ruboiyda mahorat bilan qalam tebratgan. U o`zidan 1994 ta ruboiy qoldirgan.

Ruboiy shatq mumtoz so`z san`atining yetakchi va mashhur janri. Mumtoz adabiyotda ruboiy yozmagan qalam sohibi yo`q hisobi. Umar Xayyom, Abusaid Abulxayr, Shayx Ruboiy, Vajehiy Axsikatiy, Sahobiy Astrobodiy kabilar faqat ruboiy janrida qalam tebratganlar.Mavlona Jaloliddin Rumiy ham (1207-1273) sermahsul ruboiyshunoslardan biri bo`lib, unga nisbat berilgan ruboiylar adadi ikki mingdan oshadi. Sharqning barcha buyuk so`z san`atkorlari kabi Rumiy ijodida ham pand - nasihat ham yetakchi o`rin tutadi. Didaktik ruhdagi ruboiylarida u insonning kamolotga erishishida xizmat qiladigan ezgu fazilatlarni ulug`lab, uni Haq yo`ldan chalg`itadigan, tubanlashtiradigan qusur va illatlarni tanqid qiladi.

Gar istar esang, hamisha xurram bo`lsang,
Yetsa qadaming qayga, mukarram bo`lsang,
Pok bo`lu halol yashayu ilm o`rgangil
To toji bashar, Hazrati odam bo`lsang.

Jaloliddin Rumiy (1207-1273), fors shoiri