Buyuk shaxslar mangu yashaydi
Islom Karimov mustaqil O`zbekiston davlatining asoschisi, yurtimisni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, butun jahonga “o`zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo`lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro`-e`tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida vatanimiz tarixida abadiy qoladi.Xalqimiz o`zininng tarixan qisqa muddat-25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda Prezident Islom Karimov nomi bilan bog`laydi vas hu insonning xizmatlari deb biladi.

Bu hayot abadiydir, jilg`a soyiga ketdi,
Jannat barpo qilgan zot jannatjoyiga ketdi.
O`zi bizga qaytargan daholarning yoniga,
Buyuk sohibqironning qurultoyiga ketdi.