O`zining ajoyib va g`aroyib ertaklari bilan jahonga tanilgan buyuk so`z ustalaridan biri Hans Kristian Andersen daniyaning Odens shahrida 1805 yilda dunyoga keldi. Bo`lajak adib Spagels maktabiga o`qishga kirdi. 1828 yilda Kopengagen universitetida o`qishni davom ettirdi. U 30-yillarda fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya, Ispaniya bo`ylab sayohat qildi. Sayohat davomida yozuvchi juda ko`p narsalarni ko`rdi, eshitdi.

Xalq og`zaki ijodi bilan yaqindan tanishdi. Ijodiy mashqni 20-yillarda boshlagan Andersen o`z kuchini lirika, roman, dramaturgiya va sayohat ocheklarida sinab ko`rdi.Uning, ayniqsa, tarix-ertak asrlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Bolalar uchun aytilgan ertaklar” (1835-1842), “Yangi ertaklar” (1843-1848), “Tarix” (1852-1855), “Yangi ertaklar va tarix” (1858-1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini mashhur qildi, jahonga tanitdi. Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og`zaki ijodidan unumli foydalandi. Andersen ertaklarining qahramonlari o`zlarining samarali mehnatlari, aql-idroklari, odob-axloqlari bilan kitobxon tahsiniga sazovor bo`ladi.

Uning “Qo`ng`roqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan sho`rva”, “Go`ng qo`ng`iz” va boshqa ertaklari fikrimizga yaqqol dalil bo`ladi. Masalan, “Qo`ng`iroqli girdob” asarini olib qaraylik. Ertakda asrlar davomida ezilgan, og`ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakening o`z xo`jasiga qarshi kurashi kitobxonni quvontiradi.