Chingiz Aytmatovning asarlari yetib bormagan Yer sharining nuqtasi yo`q hisob. Fazogirlar o`zi bilan koinotga olib chiqqan bo`lsa ham ajablanmaymiz. Zero, bu asarlar xaritasidan koinot ham benasib emas: Felofiyning ko`kda turib, kishilarga qilgan murojaatini unutib bo`ladimi?! Bu badiiy mo`jizalarni zaminimizning bir yuzu saksonga yaqin xalqi o`z yilida o`qiydi. Kitoblari nashri adadi bundan o`n besh yiloldin 67 million nusxadan oshib ketgan. Zamonamizning mashhur zotlari bahosi bu asarlarning qadrli qiymatlaridandir. "Jamila" - jahondagi eng go`zal sevgi qissasi", (Lui Aragon) "Hozir sobiq ittifoqda ham, butun dunyoda ham Chingiz Aytmatovga yetadigan yozuvchi yo`q" (Muxtor Avezov qozoq adibi).

Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Talas vodiysi Avliyo ota shahri yaqinidagi Shakar ovulida To`raqul Aytmat o`g`li va naima hamza qizi oilasida bu yorug` olamni ko`radi. Ulug` qirgi`z adibining aksariyat asarlarini o`z ona tilimizda anchadan beri o`qib kelamiz.