Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tatixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa olamda turkey va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa,Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

“Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, asaridan

9-fevral, Xurosonning markazi bo`lgan Hirotda Alisher Navoiy olamga keldi.Alisher Navoiyning favqulodda iste`dodi uch-to`rt yoshlarida namoyon bo`lgan. O`Shanda u birinchi marta she`r yod olgan. Alisher Navoiyni 1445-yilda maktabga berishadi. U Xurosonning bo`lg`usi podshohi Husayn Boyqaro bilan birga o`qiydi.Alisher maktabda yaxshi o`qishidan tashqari she`riyatga qiziqib ketadi.Badiiy asarlarni o`qish va o`rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshlarida ilk she`rlari bilan ko`pchilikning diqqatini o`ziga jalb qliadi.Alisher bir kuni ustozi Mavlono Lutfiyga:
Orazin yopqoch ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz, nihon bo`lg`och quyosh.
-deb boshlangan g`zalini o`qib beradi.

Lutfiy, agar iloji bo`lganida barcha she`rlarimni shu ikki misraga almashgan bo`lure dim deydi. Alisher Navoiy ikki tilda - turkiy va fors tillarida g`zallar yozadigan shoir edi.Lekin turkey tilda buyuk adabiyot yaratish hayotidagi asosiy maqsadi bo`lgan. Shoirning hisobicha, uning faqat she`riy asarlarining o`zi 120 ming baytdan ortadi. Navoiy uchun hayotdan go`zal narsa yo`q, uni sevish va qadrlash kerak.
Xush durur bog`I koinot guli;
Barchadin yaxshiroq hayot guli.

Navoiy o`zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko`targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir. Uning asarlarini qayta-qayta o`qiymiz va har gal ulardan yangi- yangi ma`naviy ozuqa olamiz.