Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokarini o`zida mujassamlantirgan shiori bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz Pushkindir. U nurga intilib doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi.Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok “Pushiknning nomi naqadar jarangdor” deb ta`riflagan edi. Pushkin xalq og`zaki ijodini bolalikdan berilib o`rgandi. Buloqdek qaynab toshgan xalq og`zaki ijodi shoirining ilhomiga ilhom qo`shdi.Kelajakda mashhur shoir bo`lib yetishishida boy manba bo`lib xizmat qildi. U, ayniqsa o`zining ertak-dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor bo`ldi.

Pushkin o`zining ”Pop va uning xizmatkori balda haqida ertak” (1831), “Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “O`lik malika va yeti bahodir haqida ertak” (1833), “Oltin xo`roz haqida ertak”(1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi. Yuqorida biz ta`riflab o`tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og`zaki ijodi ta`sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar yotganligini ko`ramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” xalq ertagi asosida “Shoh Saltan haqida ertak”, “Qurumsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining top`lovchilaridan biri A.Dal hikoya qilib bergan sujet asosida “Bailqchi ham baliq haqida ertak”, “Sehrli ko`zgu ” ertagi asosida “O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak” , uzoq yillar ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o`tgan va uning hatto pok xizmatlarini o`zida mujassamlantirgan “Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” yotganligini ko`ramiz.

Bu ertaklarinig hammasi shoirning ijodiy laboratoriyasida ishlanib, sayqallanib, yanada o`qimishli, ta`sirli qilib yaratilgan. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko`radi. Uni iolji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo`lgan cheksiz hurmat tuyg`usi barq urib turadi.