Yakob Grimm(1785-1869) va VilgelmGrimm (1786-1859) Margburg universitetida o`qib yurgav-n choglaridayoq nemis tarixi va madaniyati, huquq va morfologiyasi, xalq og`zaki ijodi hamda til va adabiyot bilan shug`ullana boshladilar. O`qish ,o`z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo`li bo`ldi. Ular avval Gettengen keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo`ldilar. Yakob nemis tili tarixi grammatikasi bilan mifologiyani, Vilgelm esa nemis adabiyoti va xalq og`zaki ijodini o`rgana boshladilar. Nemis xalq og`zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko`prik yasadilar. Nihoyat, 1812yilda grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815 yilda ikkinchi jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi, uchinchi jild bosilib chiqdi. Grimmlar ertaklarining ko`pchilik qismini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba`zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar.

Xalqdan olingan ertaklarinng har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus berilib, yana xalqqa qaytariladi. Grimmlarning uch jildli kitoblariga ikki yuzdan ortiq ertaklar jamlangan bo`lib, unda mualliflar ko`proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qiladilar. Har bir ertakda saxiylik, mehnarsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qo`rqoqlik ustida kulish, dangasalik va yolg`onchilikni qattiq qoralash birinchi o`rinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, ko`pincha, bu ertaklarning asosiy qahramonlarishoh va shahzodalar emas, balki kambag`al beva-bechoralaring o`g`il-qizi, cho`pon yoki askar bo`ladi.

Ular o`zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchiad chuqur taassurot qoldiradilar. Aql bilan ish ko`rish, bilimdonlik mavzulari “Tilla g`oz” ,”Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka” ertaklarida yaxshi aks ettirilgan. Grimmlarning dunyoga mashhur bo`lgan “Zolushka”, “Qorqiz” ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan so`kish eshitadigan va eng pastm qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo`lib, ertak davomida o`zlarining halol mehnatlari, yoqimli so`z va tabassumlari bilan baxtiyor bo`ladilar. “Yalqov Geys”, “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklari o`zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.