Abadiy tuyg`ular va inson qalbi muammolarini o`z she`rlarida komil ravishda aks ettira olgan Abdulla Oripov she`riyatimizda va milliy tafakkurimizda yuksak mavqega molikdir. Chunki shoir inson va Vatan taqdiridagi yuksak qadriyatlarni kuyunchaklik va xassoslik bilan kuylaydi. She`rsevar xalqimiz uning bu fazilatini e`tirof etdi va qadrlab kelmoqda.

Shoirga dedilar siz baxtli inson,
Elingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi,menda bor armon,
Muallim desalar meni qaniydi.