Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta`lim maktabi 4-sinf o`quvchilar o`rtasida 14-fevral kuni "Zakovat" intellektual o`yini o`tkazildi. Unda har bir sinfdan 2 nafardan eng zukko o`quvchilar tanlab olinib, "Zukkolar" va "Bilag`on" guruhlari o`zaro kuch sinashdilar. O`yin 11 raund davom etib,har ikkala guruh oz` jamoasini ko`proq ball to`plashiga harakat qildilar. O`yin 6:5 hisobida "Zukkolar" jamoasining g`alabasi bilan yakunlandi. Ushbu o`yin o`quvchilarni mantiqiy fikrlashga, jamoa bo`lib jipslashishga, bir-birini tinglashga o`rgatdi. "Zakovat" intellektual o`yini ishtirokchilarda va tomoshabinlarda qiziqarli taassurot uyg`otdi.