Har yili an`anaga aylanib ulgurgan 25-may kuni mamlakatimizning barcha viloyatlarida bo`lgani kabi shahrimizdagi 2-umumta`lim maktabida ham "Xayr maktab, salom kollej" deb nomlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirga barcha o`quvchi va o`qituvchilar faol ishtirok etishdi. Maktabning kirish joyi rang-barang sharlar, anvoyi gullar, turli rasmli bezaklar bilan bezatildi. Tadbirda o`quvchilar o`zlari tayyorlagan konsert dasturlarini namoyish etdilar. Maktab direktori Iskandarova A.S. so`zga chiqib bitiruvchilarga omad, qolgan sinf o`quvchialriga esa yaxshi dam olishlarini tiladi. 4-"G" sinf o`quvchisi Shuhratova Sitorabonu "Do`stlar, ketdik ta`tilga" she`rini ifodali o`qib berdi.