Tugayotgan haftada maktabimizning birinchi sinflarida eng esda qolarli, eng zavqli bayramlardan hisoblangan "savodxonlik bayramlari " bo`lib o`tdi. Faollar zali bayramona bezatilgan. Sahnada bolalarga xos ajoyib rasmlar, rang-barang pufaklar, quvnoq ertak qahramonlarining tasviri yig`ilganlarning kayfiyatini ko`tardi.Bayramga kichkintoylar katta tayyorgarlik va ishtiyoq bilan kelishgan. Har bir sinf o`quvchilari o`ziga xos bayram liboslarida kelgani hammani lol qoldirdi. Jajji bilimdonlar vatan, ona, maktab,kitob haqida juda ko`plab she`rlarni yod olib ularni jaranglatib ijro etdilar. Bayram kuy-qo`shiqlarga ulanib ketdi. Tadbir so`ngida maktab direktori A.S. Iskandarova, ilmiy bo`lim mudiri Tuydjanova M.Yu. va ota-onalar vakillari jajji savodxonlarni bilimlar mamlakatiga muvaffaqiyatli qadamlari bilan chin dildan qutladilar. Ustozlar mehnati yuqori baholandi.