2-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyatini keng o`rganishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Bosh qomusimizning 24 yilligiga bag`shlab maktabning 2 "B" sinfida "Qomusim- orim mening" mavzusida ma`naviyat soati o`tkazildi. Yosh avlodga Konstitutsiya inson qonunlarini himoya qiluvchi hujjat ekanligi, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi tushunarli qilib ochib berildi.

Qonun mamlakat miqyosida yuridik kuchga ega bo`lgan hujjat. Qonun hujjatlari deb, konstitutsiya va amaldagi qonunlar asosida qabul qilinadigan hujjatga aytilishi haqida ham o`quvchilarning yosh xususiyatlariga qarabma`lumotlar berildi.

Bosh qomusimizning 49-moddasida "Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va moddiy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir" deb belgilab qo`yilgan. O`tkazilgan darsda boshlang`ich sinf o`quvchilari qalbida ota-bobolarimiz merosiga hurmat-ehtiromtuyg`usini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik va milliy urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsad qilib olindi.
2 - umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Mamatqulova Gulnora Absalimovna.