Maktabimizda yaxshi an`anaga aylanib ulgurgan har juma kuni o`tkaziladigan ma`naviyat soatining navbatdagi mashg`uloti buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kuni arafasida bo`lib o`tdi. Mazkur ma`naviyat soatida maktabimizning tarix fani o`qituvchisi Mirmuhsinjon Qurbonov "Buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temurning jahon tarixida tutgan o`rni" mavzusida ma`ruza qildi.

Ma`ruzada keltirilgan Amir Temur hayotiga oid ma`lumotlar o`qituvchilar jamoasida katta qiziqish bilan tinglandi. Ma`ruzachi o`z nutqida Amir Temur tavalludining 681 yilligi nishonladigan joriy yilda yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar haqida to`xtalib, fransuz yozuvchisi Marsel Brionning "Bizkim sohibqiron Temur" asarini o`qib chiqishni tavsiya qildi. Ma`naviyat soati mazmunli o`tdi. O`qituvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.