2017 yil bahor mavsumi boshlanishi bilan yurtimizning barcha hududlarida yaxshi an`anaga aylangan ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qizib ketadi. Shu munosabat bilan jonajon maktabimizda ham bir qancha xayrli ishlar amalga oshirildi. Haftaning shanba kunlari shanbaliklar o`tkazilib, maktab hovlisi tozalanib, turli daraxt va gul ko`chatlari o`tqazilmoqda.

Kuni kecha bo`lib o`tgan hasharda maktabning bo`shlang`ich va yuqori sinf o`quvchilari faol qatnashdilar. Ayniqsa 1-sinf o`qituvchi va o`quvchilari turli kompozitsiyalar yaratib ko`zni quvnatdilar. Shanbalik k`otarinki kayfiyatda o`tdi. Bunday hasharlar o`quvchilarni mehnatsevarlik va tadbirkorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.