Bolalarning yozgi ta`tilga chiqishlari bilan ularning vaqtini mazmunli o`tkazish hamda hayvonot olami bilan yaqindan tanishishlari maqsadida shu kunlarda shahrimizda ko`chma hayvonot bog`i o`z faoliyatini davom ettirmoqda. Hayvonot bog`idagi bo`ri, sher, tulki, ilon, tovus, ayiq, maymun, burgut, tasqara, tuya kabi yovvoyi hayvon va yirtqich qushlar bolalarda katta qiziqish va hayrat uyg`otdi. Bolalar hayvonot bog`iga o`z ota-onalari bilan tashrif buyurmoqdalar. Hayvonot bog`idan olgan taassuritlar bolajonlarni uzoq vaqt tark etmaydi. Ularni jonli tabiatga bo`lgan mehrini yanada oshiradi.