Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida 28-30 dekabr kunlari boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida onatili, o`qish, rustili, ingliz tili, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan bilimlar bellashuvining maktab bosqichi bo`lib o`tadi. 4-sinf o`quvchilari yuqoridagi fanlardan o`z bilim va salohiyatlarini sinab ko`radilar. Bu bellashuv o`quvchilarda katta qiziqish bilan qarshi olindi. Mavjud 8ta 4-sinf o`quvchilari o`zaro kuch sinashadilar. Bu bilimlar bellashuvi ta`lim samaradorligini oshirishda, o`quvchilarning fan sirlarini mukammal o`rganishlarida katta ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarni keyingi sinflarda haqiqiy sinovlarga tayyor turishlarida asosiy repetitsiya bo`lib hisoblanadi. Bilimlar bellashuvi natijalarini keyingi maqolalardan bilib olasiz.