Hurmatli saytga tashrif buyuruvchilar! Avval xabar berganimizdek, 28-30 dekabr kunlari Zarafshon shahar 2- umumiy o`rta ta`lim maktabida 4-sinflar o`rtasida bilimlar bellashuvining maktab bosqichi bo`lib o`tdi. Bu bilimlar sinovlariga o`quvchilar katta qiziqish bilan qaradilar.

Bizning 4-"G" sinfdan ham ona tili, matematika, o`qish, tabiatshunoslik, rus tili, ingliz tili kabi fanlardan Shuhratova Sitorabonu, Sharipova Munisa, Nabiyeva Sevinch, Samatova Sevinch, To`raqulov Dilmurod, Nuriddinov Nurbek, Toshpo`latov Nurbek, Murodqobilova Marjona, Tojimurodov Firdavs, Nurillayeva Sug`diyona kabi 10 nafar a`lochi va bilimga chaqoq o`quvchilar qatnashib quyidagi natijalarga erishdik: O`qish fanidan Shuhratova Sitorabonu 1-o`rin, Nabiyeva Sevinch 2-o`rin, Nurillayeva Sug`diyona 4-o`rin, To`raqulov Dilmurod 5-o`rin,rus tili fanidan Sharipova Munisa 2-o`rin, Samatova Sevinch 3-o`rinlarni egalladilar. Bu albatta, bizni quvontiradi. Lekin boshqa fanlardan sovrinli o`rinlarga erisha olmaganimizni tan olib bundan keyin yanada katta ishtiyoq va ishonch bilan bilim olishga kirishishimizni ma`lum qilamiz.