Ta`lim tizimidagi ko`p yillik an`anaga ko`ra har yili fevral oyida respublikamiz maktablarida matematika fan oyligi o`tkaziladi. Shu munosabat bilan bizning maktabimizda ham matematika fan oyligi davom etmoqda. 1-9 sinflarda matematika fan oyligiga bag`ishlab turli qiziqarli tadbirlar, ochiq darslar bo`lib o`tmoqda. Jumladan 4-"G" sinfda o`qituvchi O`ralova Ro`zibuvi Israyilovna tomonidan "Misol va masalalar yechish" mavzusida ochiq dars o`tkazildi. Dars qiziqarli tashkil etildi. Uni kuzatgan yosh o`qituvchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Ular o`z tajribalarida darsda kuzatgan uslublardan foydalanishni maqsad qilib qo`ydilar. Maktabning yana bir tajribali o`qituvchisi, maktab matematika uslubbirlashmasi rahbari Suvonova Dilafro`z ham 7-sinflarda geometriya fanidan "Uchburchak ichki burchaklarining yig`indisi haqida" mavzusida ochiq dars o`tib yosh o`qituvchilarga dars o`tish mahorati bo`yicha amaliy yordam ko`rsatdi. Darsda zamonaviy pedtexnologiyalardan unumli foydalanilgi. O`quvchilar amaliy ish vositasida o`z bilimlarini mustahkamladilar.