1941-1945 yillarda bo`lib o`tgan urushda qozonilgan g`alabaning 73 yilligi butun jahonda keng nushonlandi. Jumladan jonajon Vatanimizning turli hsahar va qishloqlarida bu bayram zo`r tantana bilan nishonlandi. Zarafshon shahrimizda ham 9-may Xotira va qadrlash kuni ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi. Butun shahrimiz aholisi Motamsaro ona haykali o`rnatilgan maydonga yig`ildilar. Bayramda shahar hokimi ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front ortida mehnat qilgan mehnat faxriylarini, yoshi ulug` otaxon va onaxonlarni butun shahrimimz ahlini bayram bilan muborakbod etdi.

Dunyoda ko`p narsa unutiladi,
Qashshoqlik, martaba, quvonch-qayg`ular.
Unutilib borar muhabbat dardi,
Unutilar yillar, yo`llar, tuyg`ular.
Qirq yillik adovat unutilar sekin,
Unutilar hatto yurakdagi darz,
Yaxshilarning mehri unutilmas lekin,
Unutilmas ular oldidadi qarz.