Har yili 9-may respublikamizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Shu o`rinda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo`lgan otaxonning so`zlarini eslash joiz ."Agar mendan dunyoda neg ulug` ne`mat nima, deb so`ralsa, hech ikkilanmasdan albatta tinchlik degan bo`lar edim. Tinchlikni qadrini ayniqsa biz urush dahshatini o`z ko`zimiz bilan ko`rgan avlod yaxshi his qilamiz. Bugungi dorilamon kunlarni baxtli turmushimizni ko`zlarimga surtgim keladi".

Darhaqiqat, tinchlik bebaho ne`mat. O`zbek xalqi tinchliksevar xalq. Urushning dahshatini, azob-uqubatlarini tortgan xalqimiz yer yuzida faqat tinchlik bo`lishini xohlaydi. 9-may -Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktabimizda ham qator tadbirlar bo`lib o`tmoqda. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Mamatqulova G.A. rahbarlik qilayotgan 2-"B" sinf o`quvchilari va ota-onalar vakillari maktabimiz joylashgan 3-kichik tumanida istiqomat qilayotgan keksa otaxon va onaxonlarning holidan xabar olib, ularga sovg`alar ulashdilar.

Bunday xayrli ishlar keksalarimiz qalbida quvonch tuyg`ularini uyg`otdi. yosh avlod qalbida esa Vatanga muhabbat, bugungi dorilomon kunlarimizga shukronalik hissini paydo qildi.