2 - sentyabr - Bilimlar kuni butun mamlakatimizda katta shodiyona bilan kutib olindi. Zarafshon shahrida joylashgan bizning qadrdon 2-maktabimizda ham qizg`in o`qish pallasi boshlandi. Men bu yil maktabga ilk bor qadam qo`ygan 1-“A” sinf o`quvchilarini qabul qilib oldim. Hozir sinfimda 33 nafar o`quvchi ta`lim olmoqda.

Ulardan 17 tasi o`g`il bolalar, 16 nafari esa qiz bolalardir. Oldimda turgan eng ulug` maqsadim shu o`quvchilarni savodli, madaniyatli, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shadigan munosib insonlar qilib tarbiyalashdir. O`quvchilarimning bilim olishga bo`lgan ishtiyoqi, intilishi juda baland. Ingliz tili mashg`ulotlari ham qizg`in olib borilmoqda.

O`quvchilar maktabga kelish bilan birga turli sport to`g`raklariga ham qatnashmoqdalar.Maqsadimiz 2017-2018 o`quv yilini munosib muvaffaqiyatli o`tkazish.